17:32 / 04.09.2017
6 922

Ramzan Qodirov: Rossiya shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaga qarshiman…

Ramzan Qodirov: Rossiya shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaga qarshiman…
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Myanmada musulmonlarning katta bosim ostida qolayotganida hukumat aybdor, degan fikrni ilgari surmoqda. Shuningdek, u Instagram’dagi sahifasi orqali norasmiy murojaatini yo‘llagan.

Bir hafta davomida o‘tkazilgan bosimlar natijasida va harbiylarning hujumi tufayli 58 mingga yaqin rohingyalar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Musulmon bo‘lgani uchun ularning 2600ga yaqin uyiga o‘t qo‘yildi. Muhojirlarni hozircha Bangladesh qabul qilmoqda, shuningdek, Turkiya ham qabul qilishini ma’lum qilmoqda.

«Jurnalist va inson huquqlari himoyachilari musulmonlar qatliomi o‘tkazilayotgan Rakxayn shahriga kiritilmayapti. Lekin 50 milliondan ortiq aholisi bor, ulardan 90 foizi buddizmga e’tiqod qiluvchi mamlakat harbiylari maxsus mashinalarda shahar ichiga kirib bormoqda. Siyosatchi va davlat rahbarlarining bu holatga munosabati, ularning befarqligi yoki e’tiborsizligi bilan o‘lchanmoqda», deydi Qodirov.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 18 mart kuni Rossiya BMTning Xavfsizlik Kengashida Myanmadagi musulmon rohingyalarga yordam berish maqsadida kiritilgan rezolyutsiyaga veto qo‘ygan, oqibatda rezolyutsiya qabul qilinmagan.

«Agarda hattoki Rossiya bugun jinoyatlarni amalga oshirayotgan shaytonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, men Rossiyaning pozitsiyasiga qarshiman. Sababi menda o‘z pozitsiya, o‘z qarash bor», — dedi u.

Shu bilan birga, uning ishonch bildirishicha, hech kim «qotillar va zo‘ravonlarni» qo‘llab-quvvatlamaydi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: Rossiya shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaga qarshiman…