Britaniyada 4 nafar harbiy xizmatchi neonatsistlar bilan aloqalarda gumonlanmoqda

Britaniyada 4 nafar harbiy xizmatchi neonatsistlar bilan aloqalarda gumonlanmoqda
Buyuk Britaniyada to‘rt nafar harbiy xizmatchi mamlakatda taqiqlangan «Milliy harakat» neonatsistlar guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda «Associated Press»ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, erkaklar terrorchilik xurujlariga aloqadorlik, tayyogarlik ko‘rish va da’vat qilishda gumonlanmoqda.

Maxsus amaliyot davomida bir necha uylarda tintuv o‘tkazilgan.

Xabarda aytilishicha, qo‘lga olingan shaxslar o‘n yilga qamalishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar