2018 yilda Shanxay markazidan 40 km masofada Shimao Wonderland Intercontinental — ekstremal sport turlariga ixtisoslashgan mavzuli bog‘ ochiladi. Bu haqda «Forbes»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Qurilish ishlarini xitoylik milliarder Syuy Junmaoning Shimao yirik developerlik kompaniyasi olib bormoqda. Mavzuli bog‘ tarkibida yer osti va qisman suv osti mehmonxonasi ishga tushadi, bu yerda bitta xona narxi 300 dollardan oshadi.
Mehmonxona 2010 yilda ochilishi kerak edi, ammo loyiha juda murakkab bo‘lib chiqdi. Muhandislar va quruvchilar kon tubidan suvni tortib chiqarishi, so‘ng sun’iy ko‘l yaratishi kerak edi. Bunyodkorlik ishlari 2013 yilda boshlandi.
Hozir konstruksiyaning asosiy qismi tayyor bo‘lgan, 19 qavatli binoning ikkita yuqori qavati yer ustidan ko‘tarildi ham. 2017 yil oxirigacha mehmonxonani qurib bitkazish rejalashtirilmoqda, 2018 yilda esa u Intercontinental boshqaruvi ostida ishlashni boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi