
Kolumbiya dunyoda eng xavfli sayyohlik yo‘nalishi deya baholandi. Bu davlat sayyohlar uchun xavfsiz davlatlar ro‘yxatidagi 136 ta davlat ichida eng oxirgi pog‘onani egalladi. Bu haqda Jahon iqtisodiy anjumani ma’ruzasiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislar Finlyandiyani sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat deb topdilar. 2-o‘rinni BAA va 3-o‘rinni Islandiya egallagan.
Eng xavfli davlatlar beshtaligiga Yaman, Salvador, Pokiston va Nigeriya ham kirgan. Ukraina bu ro‘yxatda 127-o‘rinni, Rossiya esa 109-o‘rinni egalladi. Oxirgi o‘rinni esa yuqorida aytilgandek, Kolumbiya egallagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar