Karib dengizi havzasidagi hududlarga kuchli talofatlar keltirayotgan “Irma” to‘foni AQShning Sankt-Peterburg shahriga yaqinlashmoqda. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar berdi.
AQShning Sankt-Peterburg shahri meri Rik Krisman o‘z intervyusida vaqtida boshpana topishga ulgurmagan shahar aholisini o‘z uylarida, imkon darajasida xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi.
Shahar rasmiylari kuchli shamol va shiddatli to‘lqinlar yopirilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Biroq to‘fon Sankt-Peterburg shahriga qanchalik talofat yetkazishi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilmagan.
Ma’lumot uchun, ushbu shahar AQShning janubidagi Florida yarim orolida joylashgan bo‘lib, rus sayyohi tomonidan 1892 yilda asos solingan.
Avvalroq, Fransiyaning dengizorti hududlari bo‘lmish Karib dengizida joylashgan San-Martin va San-Bartc orollari “Irma” to‘foni natijasida katta iqtisodiy zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi