IShID jangarilari AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga hujum uyushtirdi

IShID jangarilari AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga hujum uyushtirdi
IShID terrorchi guruhi jangarilari 17 sentyabrga o‘tar kechasi Iroqning al-Xavija shahri yaqinida joylashgan AQSh harbiy bazasiga hujum qildi. Bu haqda «Vedomosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya rasmiy vakili Rayan Dilon bu borada bayonot berdi.

«IShIDning al-Xavija yaqinidagi koalitsiya harbiy bazasiga muvaffaqiyatsiz hujumi o‘tgan tunda amalga oshirildi. Bitta xudkush kamari vaqtidan oldin portlab ketdi, yana ikki nafari otib tashlandi. Ittifoqchilar tomonida yo‘qotishlar yo‘q», — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar