
Suriyada rossiyalik general-leytenant Valeriy Asapov halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar berdi.
IShID jangarilari Suriya qo‘shinlarining general joylashgan qo‘mondonlik punktini minomyotdan o‘qqa tutishgan.
"Rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhining kattasi general-leytenant Asapov Daur-az-Zorni ozod qilish operatsiyasida suriyalik qo‘mondonlarga yordam berayotgan bo‘lgan", deb aytilgan mudofaa vazirligida. Jangarilarning qo‘qqisdan hujum qilishi oqibatida Asapov mina portlashi oqibatida o‘lim bilan tugagan jarohat olgan.
Ta’kidlanishicha, general-leytenant o‘limidan so‘ng davlat mukofotiga taqdim etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar