Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjan Sagintayev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning Qozog‘iston iqtisodiy taraqqiyotiga oid so‘zlarini “mohiyati jihatidan ma’suliyatsiz, ig‘vogorona va “yolg‘on” deya atadi. Sagintayevning rasmiy izohi QR hukumati rahbarining saytida e’lon qilindi.
Qozog‘iston bosh vazirining so‘zlariga qaraganda, Qirg‘iziston prezidentining “saylovoldi maqsadlari yo‘lida” aytgan fikrlari mamlakatlar o‘rtasida qaror topgan ko‘p asrlik do‘stlik va o‘zaro hamkorlikka ziyon yetkazishi kerak emas.
Baqitjan Sagintayevning ta’kidlashicha, shu yillar davomida “Qozog‘iston hamisha, ayniqsa og‘ir damlarda qirg‘iz xalqining yonida turdi, Qirg‘iziston rahbariyatining iltimoslariga hurmat bilan munosabatda bo‘ldi». Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning Qirg‘iziston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiya hajmi 820 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.
“Qirg‘iziston prezidenti Atamboyevning bunday ig‘vogorona bayonotlariga qaramay, Qozog‘iston hukumati qozoq-qirg‘iz o‘zaro strategik sheriklik va hamkorligini bundan keyin ham chuqurlashtirish va kengaytirish niyatida», — deya bayonot berdi Sagintayev.
7 oktyabr kuni Almazbek Atamboyev davlat mukofotlarini topshirish marosimida ayrim nomzodlar va Qozog‘iston hukumatini tanqid qilgan edi. Prezident bayonot berib, qo‘shni davlat rahbariyati va oligarxlari prezidentlik saylovlariga aralashayotganini aytgan va QRning ayrim “rasmiy vakillari” Bakiyevlarni — Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab chiqqan edi.
Manba: Tnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi