«Qozog‘iston – Qirg‘izston uchun birodor bo‘lgan davlat. Bu shunchaki so‘z emas», — deya bayonot berdi Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjan Sagintayev hukumat majlisida, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning so‘zlariga munosabat bildirar ekan.
Sagintayevning ta’kidlashicha, Qirg‘izistoning barcha transport, savdo aloqalari — avia, temiryo‘l, avtomobil yo‘nalishlari Qozog‘iston orqali o‘tadi.
«Biz hech qachon cheklov choralarini ko‘rmaganmiz. Bundan tashqari shu yillar davomida bizning mamlakat qirg‘iz xalqiga yordam berib keladi, biz Qirg‘iziston rahbariyatining iltimoslarini tushunish bilan qabul qilamiz», — dedi Qozog‘iston bosh vaziri. Uning chiqishi Facebookdagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Sagintayevning bayonoti Qirg‘iziston bilan chegarada nazorat kuchaytirilgani to‘g‘risida tarqatilgan xabarlar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qoldi. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 10 oktyabr soat 18.00dan boshlab transport va shaxslarning qirg‘iz-qozoq chegarasidagi nazorat-o‘tish punktlaridan o‘tishida qo‘shni davlat tomonidan kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.
10 oktyabr kuni kechqurun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari odamlar bir necha soatdan beri navbatda turayotgani, yuk mashinalari diqqat bilan tekshirilayotgani haqida ma’lum qilishdi.
Qirg‘izistondagi 2010 yilgi aprel voqealaridan so‘ng Qozog‘iston bir tomonlama ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralardagi o‘tish punktlarini bir tomonlama berkitgan edi. O‘shanda Ostona bir oydan sal ko‘p vaqt o‘tib chegaralarni ochgan edi.
Manba: Tnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi