18:47 / 12.10.2017
5 572

Rossiyada 200 va 2000 rubl qiymatidagi banknotlar muomalaga kiritilishi boshlandi

Rossiyada 200 va 2000 rubl qiymatidagi banknotlar muomalaga kiritilishi boshlandi
Rossiyada 200 va 2000 rubl qiymatidagi banknotlar muomalaga kiritilishi boshlandi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Yangi kupyuralarni birinchi bo‘lib ularda aks etgan mintaqalar — Uzoq Sharq va Qrim, shuningdek, Moskva oladi.

«Banknotlarning ommaviy muomalaga kiritilishi dekabrda, banklar va korxonalar bunga tayyorgarlikni yakunlaganda boshlanishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Bu xalqaro amaliyot, pullarni soxtalashtiruvchilarga qarshi turish uchun zarur chora», — dedi Rossiya Markaziy banki rahbari.

Nabiullinaga ko‘ra, yangi banknotlarda kupyuralarni himoya qilishning eng zamonaviy elementlaridan foydalanilgan. Shuningdek, ko‘rish qobiliyati past kishilar uchun qulay bo‘lishiga harakat qilingan.

Yana bir yangilik — banknotlarda Markaziy bank emas, Rossiya gerbi tasvirlangan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 200 va 2000 rubl qiymatidagi banknotlar muomalaga kiritilishi boshlandi