19:01 / 12.10.2017
3 806

Turkmaniston prezidenti suvga tariflarni oshirishni tayinladi

Turkmaniston prezidenti suvga tariflarni oshirishni tayinladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 11 oktyabr kuni aholiga yetkazilayotgan suv, gaz va elektr-energiyaga imtiyozlarni bekor qilishni buyurdi, deb yozmoqda «Tnews.uz» sayti.

Farmoyish energotashuvchilarga bo‘lgan narxlarning tushishi va eksportning kamayishi natijasida davlat tushumining qisqarishi munosabati bilan chiqarildi. Reuters yangiliklar agentligining xabar qilishicha, ko‘rilgan chora mamlakatdagi vodoprovod suvi qiymatining 25 karra oshishini ko‘zda tutadi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning farmoyishidan kelib chiqishicha, bir kishi uchun bepul taqdim etilayotgan 7,5 metr kubi hajmidan ortiq bo‘lgan vodoprovod suvining tarifi 1 noyabrdan boshlab besh manatgacha (1,3 dollargacha) oshadi, bunda amaldagi tarif 0,2 manatni (0,06 dollarni) tashkil qiladi. Berdimuhamedov avvalroq mazkur haftada hukumat subsidiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida aytgan, bu esa tariflarning kelgusida oshishidan dalolat beradi.

Respublika fuqarolari hali-hamon maishiy gaz va elektr-energiyasining qanchadir qismidan bepul foydalanadilar, qolgan qismini esa imtiyozli tariflarda to‘laydilar. “Davlat boyliklarini avaylab, tejab va yuqori samarali ishlatish vaqti keldi”, — deb ta’kidladi Berdimuhamedov.

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, subsidiyalashdan voz kechishdan olingan mablag‘larni qiymati 69 milliard dollard bo‘lgan yetti yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga sarmoya qilish rejalashtirilmoqda, shundan 45 milliardi energetika sohasiga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti suvga tariflarni oshirishni tayinladi