
Deyarli har uchinchi amerikalik AQSH Uchinchi jahon urushi yo’lida ekanligiga ishonmoqda. Ushbu ko’rsatkich CBS telekanali va YouGov kompaniyasi so’rovnomalari natijasida aniqlangan. “So’rovnoma ishtirokchilarining 30%i ushbu fikrga qo’shilishini aytib o’tgan” deb yozadi “Vesti.ru”.
Shuningdek, ularning 48%i Uchinchi jahon urushi ehtimolini rad qilmadi, ammo urushda AQSHga kim qarshi chiqishi ham aniqlanmadi.
Ishtirokchilarning 62%i Shimoliy Koreya harbiy harakatlariga chap berish imkoniyati borligiga ishonsa, 32% ishtirokchilar KXDR ni chetlab o’tib bo’lmaydigan masala deb hisoblaydi.
So’rovnomada ishtirok etganlarning 59% qismi AQSH va uning tarafdorlari Pxenyan tomonidan bo’layotgan tahdidlarni to’xtatishiga ishonadi.
So’rovnoma 11-13 oktyabr kunlari o’tkazildi va unda 2400 ta odam qatnashdi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar