11:01 / 18.10.2017
6 173

Moskva shahrida qotil-taksist qo’lga olindi

Moskva shahrida qotil-taksist qo’lga olindi

Politsiya xodimlari bir necha yil davomida 100 tadan ortiq kishini o’ldirishda ayblanayotgan taksi haydovchisini qo’lga oldilar. Bu haqida “utro.ru” sayti xabar qildi.

29 yoshli taksi haydovchisi Vagan Karapetyan shahar bo’ylab “Mersedes” avtomobilida harakatlangan va shu sababli o’z qurbonlarida zarracha shubha hissini uyg’otmagan.

Qotil o’z mijozlariga klozapin qo’shilgan suv yoki yegulik taklif qilib, hushidan ketgach, joniga qasd qilgan va buyumlarini o’g’irlagan.

Politsiya xodimlari qotilning uyidan 190 ta klozapin tabletkasi, 20 ta uyali aloqa telefoni, 71 ta telefon qoplamasi va 98 ta qo’l soatini topishdi.

Karapetyan ayni paytda ushbu yilning aprel oyida ko’chadan topilgan jasad uchun so’rov qilinmoqda. Ekspertiza ma’lumotlariga ko’ra, u etil spirti va klozapin bilan zaharlangan. Politsiya qotil uyidan topgan buyumlarga asoslanib, Karapetyanni yuzlab insonlarni o’ldirganlikda ayblashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva shahrida qotil-taksist qo’lga olindi