Si Szinpin Sukerbergga qizini xitoycha ism bilan nomlamaslikni tavsiya etdi

Facebook asoschisi Mark Sukerberg Xitoyga tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Uchrashuv paytida Sukerberg o‘z qizini ixtiyoriy ravishda xitoycha ism bilan nomlashni istayotganini aytgan. Unga javoban Xitoy etakchisi “yo‘q” deb javob bergan. Bu haqda The New York Post'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Sukerberg Xitoy rahbari bilan AQSh prezidenti Barak Obama tashkillashtirgan bayram dasturxoni ustida uchrashdi. Davrada Mark Sukerbergdan tashqari IT sohasining ko‘zga ko‘ringan vakillari: Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk va Microsoft kompaniyasining boshlig‘i Satya Nadella ham bor edi. Sukerbergga homilador rafiqasi Prissilla Chan hamrohlik qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sukerberg Si Szinpin bilan suhbatni xitoy tilida olib borgan. Manbaning yana ma’lum qilishicha Xitoy rahbari Sukerbergning gapiga “yo‘q” deyish bilan birga, “bu ulkan mas’uliyat ham talab etadi”, deb qo‘shimcha qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing