
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodning janubiy qismida qurilishi rejalashtirilgan ob’ektlar loyihasi, ularning joylashuvi bilan tanishdi, shuningdek, otda sayr qildi, deb yozadi Kun nashri.
Berdimuhamedovning otdagi safari Kopetdog‘ tog‘ etaklarida amalga oshirilgan.
Ashxobod shahri hokimi Sh.Durdiliyev va Fransiyaning «Buig Batiman» qurilish kompaniyasi vakili olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi, shuningdek, poytaxt janubida qurilishi mo‘ljallangan turli maqsaddagi ob’ektlar loyihalari taqdim etildi. Turkmaniston prezidenti loyihalar bilan tanishib, binolar joylashuvi, muhandislik yechimlari bo‘yicha zamonaviy amaliyotlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deya ta’kidlanadi matnda.
«Turkmaniston prezidenti otdagi safari davomida Ashxobodning oq marmarli ko‘rinishidan zavq oldi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar