12:07 / 25.10.2017
9 591

“Tog’ marvaridi”: Rossiya yulduzlari Ramzan Kadirovning qizi tomonidan yaratilgan liboslarga maftun bo’lishdi

 “Тоғ марвариди”: Россия юлдузлари Рамзан Кадировнинг қизи томонидан яратилган либосларга мафтун бўлишди

Rossiya yulduzlari orasida Valeriya, Olga Buzova, Lena Lenina kabi taniqli shaxslar Checheniston davlat rahbari Ramzan Kadirovning qizi Ayshat Kadirova tomonidan yaratilgan liboslar taqdim etilgan moda namoyishidan keyin ochiq-sochiq liboslardan voz kechib, to’plam tarkibidagi bir nechta ko’ylaklarni sotib olishga qaror qilganlarini ta’kidlashdi.

Ayollar uchun yaratilgan liboslar to’plami “Tog’ marvaridi” nomi bilan Chechenistonning “Firdaws” modalar uyi tomonidan taqdim etilgan. Eslatib o’tamiz, ushbu modalar uyi davlat rahbari Ramzan Kadirovning qizi Ayshat tomonidan boshqariladi.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha bo’lib o’tgan moda tadbiriga modelyer Vyacheslav Zaytsev, Katya Lel, reper Timati, Yana Rudkovskaya, Larisa Dolina kabi ko’plab yulduzlar tashrif buyurishgan, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tog’ marvaridi”: Rossiya yulduzlari Ramzan Kadirovning qizi tomonidan yaratilgan liboslarga maftun bo’lishdi