Mitti Singapur vizasiz eng ko‘p mamlakatlarga sayohat qilish imkoniga ega dunyodagi eng qudratli pasportga egalik qiladi. Bu haqda Compare Passport Index reytingiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Bunday hujjatlarni kuzatuvchi pasportlar indeksiga ko‘ra, Paragvay singapurliklar uchun cheklovni bekor qilganidan so‘ng shahar-davlat (Singapur) birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Bu Singapur pasporti egalarining taxminan 5,6 millioni endi 159 mamlakatga yo vizasiz borishi mumkin, yoki tashrif davomida viza olishini anglatadi.
Dunyoning eng qudratli pasportlari reytingida ikkinchi o‘rin Germaniyaga nasib etdi. Bu mamlakat fuqarolari 158 davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin. Uchinchi o‘rinda esa Shvetsiya va Janubiy Koreya qayd etildi.
AQSh pasporti oltinchi o‘rinda Malayziya, Irlandiya va Kanada mamlakatlari pasporti bilan bir qatorda kelgan.
O‘zbekiston pasportlar reytingining 72-pog‘onasida Ruanda va Tojikiston bilan bir qatorda keltirilgan.
Afg‘oniston faqat 22 mamlakatga vizasiz kirish imkoni bilan ro‘yxatdan chiqarildi.
Pasportlar reytingiga ko‘ra, Donald Tramp prezident lavozimiga o‘tirishi bilan AQSh pasportining nufuzi pasaydi.
Ta’kidlash joizki, birinchi marta Osiyo mamlakati dunyoning eng qudratli pasporti egasi sifatida qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi