10:57 / 26.10.2017
5 676

Kiyev markazida portlash sodir etildi

Kiyev markazida portlash sodir etildi
25 oktyabr kechki vaqt Kiyev markazidagi "Espresso" telekanalidan chiqish joyida portlash sodir etildi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 4 kishi, jumladan Oliy rada deputati Igor Mosiychuk jarohat olgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilganlar.

Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenkoning aytishicha, portlovchi qurilma kuchi bir kilogramm trotil ekvivalentini tashkil qilgan va mototsiklga o‘rnatilgan bo‘lgan.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, deputatning telekanaldan chiqishi vaqtida u yerga qo‘yilgan mototsikl portlatilgan", deb aytgan Gerashenko.

Portlash vaqtida deputatning 30 yoshli tan soqchisi halok bo‘lgan. Deputatning hayoti xavf ostida emasligi ma’lum qilingan.

"Hozir Mosiychuk shifoxonada qolmoqda. U operatsiya qilinmoqda. Uning hayoti xavf ostida emas", deb ma’lum qilingan Facebook’dagi xabarda.

Portlash terakt sifatida tasniflangan, uni tergov qilish bilan Ukraina xavfsizlik xizmati shug‘ullanadi. Ushbu holat yuzasidan Ukraina JKning 258-moddasi (terakt) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, voqea joyida tezkor guruh va portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar ish olib bormoqdalar.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev markazida portlash sodir etildi