Dunyodagi eng ommabop ayollar ismi aniqlandi

Dunyodagi eng ommabop ayollar ismi aniqlandi
Tadqiqotchi Laura Vattenberg 49 ta mamlakatda istiqomat qilayotgan bolalar ismini o’rganib, dunyoda eng ko’p tarqalgan ayollar ismini aniqlashga muvaffaq bo’ldi.

Xabarda keltirilishicha, dunyodagi eng mashhur ayollar ismi Sofiya ekan. Ushbu ism yunon tilidan tarjima qilganda “Donishmandlik” degan ma’noni anglatadi.

Shuningdek Sofiya ismi 8 mamlakat: Meksika, Argentina, Italiya, Shveytsariya, Estoniya, Chili, Slovakiya va Rossiya o’lkalarida ommaboplik borasida eng yuqori o’rinni band etgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar