17:01 / 03.11.2017
13 515

Sobiq behayo filmlar aktrisasi Rossiya prezidenti bo‘lishi mumkin...mi?

Sobiq behayo filmlar aktrisasi Rossiya prezidenti bo‘lishi mumkin...mi?
Behayo filmlardagi rollari bilan tanilgan rossiyalik aktrisa 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.

Yelena Berkova prezidentlik saylovida ishtirok etishga oid bayonoti Instagramdagi sahifasiga videomurojaat tarzida qo‘yilgan. Videomurojaatda Berkova o‘zining saylovoldi dasturidagi asosiy jihatlarni ma’lum qilgan. Aktrisa prezidentlikka saylangan taqdirda, kambag‘allarga soliq solish va jinsiy kamsitish uchun o‘lim jazosini qo‘llashga va’da bergan.

Bundan tashqari, Berkovaning saylovoldi dasturidan ajralishlarning oldini olish uchun erkaklarga katta miqdorda ajrashish solig‘i solish masalasi ham o‘rin olgan. Shuningdek, maktablarda jinsiy tarbiya bo‘yicha dars tashkil qilish, o‘quvchilardan jinsiy aloqa bo‘yicha imtihon olish, farzand ko‘rish istagidagi bo‘lajak ota-onalarga ota-ona bo‘lishga jismoniy va moliyaviy tomondan tayyorligini tasdiqlovchi hujjat berishni qonuniylashtirish kabi takliflar ilgari surilgan.

Pornoaktrisa kiyinish borasida ham maxsus cheklov joriy qilish masalasini ko‘targan. Berkovaning va’da berishicha, u prezident bo‘lsa, 40 smdan kalta bo‘lgan yubka kiyishni taqiqlamoqchi. Aktrisa sababsiz hech qayerda ishlamaydigan aholiga «kambag‘allik solig‘i» solish orqali ularni mehnat qilishga majburlashni ham rejalashtirgan.

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, kelasi yil 33 yoshni qarshi oladigan Yelena Berkova prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari sura olmaydi. Prezident bo‘lish uchun nomzod kamida 35 yoshga to‘lgan bo‘lishi talab qilinadi. Qayd etish joizki, Berkova Rossiya prezidenti bo‘lish istagini bildirgan birinchi aktrisa emas. Avvalroq, boshqa bir teleboshlovchi va model Anfisa Chexova ham prezident bo‘lish da’vosi bilan chiqqan edi.

Yelena Berkova ko‘plab pornografik filmlarda shahvoniy behayolik va fahshni targ‘ib qiluvchi rollarni ijro etgan. 2009 yilda Berkova Sochi shahri meri bo‘lish uchun saylovda qatnashishini e’lon qilgan, ammo nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan. 2011 yilda giyohvand modda bilan qo‘lga tushgan sobiq pornoaktrisa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq behayo filmlar aktrisasi Rossiya prezidenti bo‘lishi mumkin...mi?