Ummonning qirollik strategik tadqiqotlar islom markazi dunyodagi 500 nafar eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Ro‘yxatda Misrdagi «Al-Azxar» universiteti imomi shayx Ahmad Muhammad al-Tayib yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Iordaniya va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh II ibn al-Husayn va Salmon bin Abdulaziz Al-Saud joy olgan. To‘rtinchi pog‘onada – Eronning oliy diniy rahbari oyatulloh Said Ali Xominaiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Jorjtaundagi musulmonlar-xristianlarning bir-birini tushunishi Markazi qo‘llab-quvvatlovi bilan e’lon qilinuvchi reyting 2009 yildan beri har yili taqdim etiladi. Unga yirik olimlar, siyosiy arboblar, xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, tadbirkorlar, san’at, madaniyat vakillari, sportchilar, mashhur shaxslar va qorilar kiritiladi.
Shuningdek, ro‘yxatdan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham joy olgan. Rahmondan tashqari, Tojikistonning ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda, shuningdek, Ozarboyjon, Afg‘oniston prezidenti va Checheniston rahbari ham ro‘yxatda bor.
Shayx Ahmad Muhammad al-Tayib
Salmon bin Abdulaziz Al-Said
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi