
Vetnamga yopirilgan «Damri» to‘foni oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy rasmiylar ma’lum qildi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Bu mamlakatga 2017 yilda yopirilgan hisob bo‘yicha 12-to‘fon ekanligi bildirilmoqda. Shamol tezligi soatiga 90 kilometr tezlikka yetmoqda.
To‘fon Vetnamning markaziy va janubiy hududlarida 600 dan ortiq binoni vayron qildi, 40 mingdan oshiq imorat shikastlandi. 30 mingdan ziyod kishi tabiiy ofat hukm surayotgan tumanlarni tark etishga majbur bo‘ldi.
«Damri» tufayli 40 ming gektardan ortiq maydondagi ekinlar, jumladan, sholi, kauchuk va shakarqamish plantatsiyalarini suv bosdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar