AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuvining asosiy mavzusi KXDR bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida Oq uy vakili yakshanba kuni OAV xodimlariga ma’lum qildi.
"Ishonchim komilki, ularning uchrashuvida suhbatning asosiy mavzusi KXDR bo‘ladi", - dedi Oq uy vakili jurnalistlarning savoliga javob berar ekan.
"Rossiya Shimoliy Koreya bilan chegaradosh. Ular ham vaziyatdan xavotirda. O‘ylashimcha, Shimoliy Koreya mintaqani inqiroz sari yetaklamoqda. Bunda, albatta, Rossiyaning o‘ziga xos roli bo‘lishi tabiiy. Rossiyaning BMT a’zosi sifatida BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga rioya qilishga oid majburiyatlari mavjud", - dedi AQSh ma’muriyati vakili.
Bundan avval Tramp Rossiya yetakchisi bilan ehtimoliy muzokaralarni muhim deb hisoblashini aytgandi. Zero Moskva Pxenyanga bosim o‘tkazishda yordam berishi mumkin. Shu bilan birga, u Putin bilan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish masalasini ham muhokama qilish niyatida.
Ta’kidlash joizki, RF prezidenti matubot kotibi Dmitriy Peskov ikki mamlakat rahbarining ehtimoliy uchrashuvi Vetnamda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitida muvofiqlashtirilishi haqida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi