
26 noyabr kuni Las-Vegasda bo’lib o’tadigan tanlovda Iroq nomidan 27 yoshli Sara Aydan ishtirok etadi, deb yoziladi xabarda.
Aslida, Sara Bag’dodda bo’lib o’tgan go’zallik tanlovida ikkinchi o’rinni egallagan. Ammo birinchi o’rin g’olibasi turmushga chiqqan ekanligi va bu tanlov qoidalariga to’g’ri kelmasligi sababli u tanlovdan chetlashtirilgan. AQSHga borish imkoniyati esa o’z-o’zidan Saraga o’tgan.
Eslatib o’tamiz, Iroq nomidan oxirgi bor 1972 yilda Puerto-Rikoda bo’lib o’tgan tanlovda Vaydan Suleyman ishtirok etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar