date

Ekspertlar rossiyalik xakerlarni «eng xavfli» deb hisoblashmoqda

Ekspertlar rossiyalik xakerlarni «eng xavfli» deb hisoblashmoqda

Buyuk Britaniyaning kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Rossiyani dunyodagi eng xavfli va malakali xakerlar mamlakati deb atadi. So‘rovda qatnashgan ekspertlarning taxminan 34 foizi shunday fikrda. «MWR InfoSecurity» maslahat kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdi, Bu haqida «Lenta.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Bu ta’lim darajasi yaxshiligi va siyosiy maqsadlar bilan bog‘liq. Ikkinchi o‘rinda Xitoy kiberjinoyatchilari turibdi.
Buyuk Britaniyaga ekspertlarning atigi 10 foizi ovoz berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, IT-mutaxassislarning 75 foizi Buyuk Britaniyada malakali xakerlarning yo‘qligi uni boshqa davlatlardagi jinoyatchilar uchun nishonga aylanishini osonlashtiradi, deb hisoblaydi.

«Xakerlarning millatini aniqlash — murakkab vazifa, chunki jinoyatchilar ko‘pincha o‘zi haqidagi ma’lumotlarni yashirib, faoliyatini niqoblaydi», — deydi «MWR InfoSecurity» texnik direktori Martin Raks. Uning aytishicha, Rossiya va Xitoy kiberjinoyatchilar ko‘plab turdagi zararli dasturlar yaratadigan mamlakat sifatida allaqachon tan olingan.

Foto: Oleg Xarseev / «Kommersant’»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ekspertlar rossiyalik xakerlarni «eng xavfli» deb hisoblashmoqda