Tramp Putinning yordamiga umid bildirmoqda

Tramp Putinning yordamiga umid bildirmoqda
Qo‘shma shtatlar prezidenti Donald Tramp Vyetnamdagi sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtidagi uchrashuviga yaxshi baho berdi. U Rossiya rahbari Shimoliy Koreya muammosini hal etishda yordam berishiga umid bildirdi.

«Vyetnamdagi sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdim. Suriya masalasi bo‘yicha yaxshi suhbat kechdi. Umid qilamanki, u Shimoliy Koreya inqirozini hal qilishda ham yordam beradi, shuningdek, Xitoyning ham. O‘sish bor», — deya yozgan Tramp Twitter sahifasida.

Bundan oldinroq Tramp u va Putin o‘rtasidagi munosabatlar yaxshiligi haqida aytib o‘tgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar