
Eronda 12 noyabr, yakshanba kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 211 kishiga yetdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Qosim Jan-Babayining ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida 1,5 mingga yaqin odam jabrlangan.
Yevropa — O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi Eron va Iroq chegarasida kuzatilgan yerosti silkinishi 7,2 magnitudaga ega bo‘lganini qayd etdi.
Avvalroq, zilzila oqibatida 70 mingga yaqin eronlik boshpanasiz qolgani haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar