Noyabr oyi boshida Saudiya Arabistonida Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilib, ommaviy ravishda shahzodalar va mansabdorlar qo‘lga olinganini xabar bergan edik. Bu hodisa dunyo OAVlari e’tiborini tortdi. Sababi, korrupsiyaga qarshi kurashish kampaniyasi ortida taxt uchun kurash masalasi borligi oydinlashdi.
Saudiya Arabistoni shahzodalarda to‘xtab qolmadi, navbat malikalarga ham yetib keldi. Malika Rim bint al-Volid ibn Talal ham hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Saudiya Arabistonida vaziyat keskinlashishda davom etmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, mamlakatda qirollik oilasiga o‘z boyliklarining bir qismini ozodlikka almashtirish taklifi bildirildi. Hukumat shu tariqa davlat g‘aznasini 100 milliard dollarga to‘ldirish istagida.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Ritz-Carlton” mehmonxonasidagi qirollik oila a’zolari bilan munozaralar olib borilmoqda.
Qo‘lga olingan milliarderlardan biriga korrupsion mojarodan ko‘rilgan zararni qoplash uchun 70 foiz boyligini davlat hisobiga o‘tkazish evaziga ozodlik taklif etishgan.
Qo‘lga olingan shahzodalar nafaqat korrupsion mojarolarda, balki qurol-yarog‘ savdosi, pullarni o‘zlashtirish kabi jinoyatlarda ham ayblangan. Qizig‘i shundaki, ular qamoqda emas, 5 yulduzli mehmonxonalarda saqlanayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»