Eron har bir internet foydalanuvchisini tekshirishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Hozir Eron davlatida tarmoqdagi ba’zi saytlarni cheklash yo‘lga qo‘yilgan. Biroq endi mamlakat hududidagi har bir foydalanuvchilarning shaxsini aniqlash yo‘lga qo‘yiladi, Bu haqida «Vesti.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
“Yaqin orada internetga kirgan har bir foydalanuvchining shaxsi aniqlanadi va tarmoqda bizga ma’lum bo‘lmagan birorta ham foydalanuvchi bo‘lmaydi”, – dedi telekommunikasiya vaziri Mahmud Vayzi. Bunga asosiy sabab foydalanuvchilar anonim holda taqiqlangan materiallarni o‘qishi yoki nashr qilishining oldini olishdan iborat. Mahmud Vayzi bu vazifalar qachon va qanday qilib amalga oshirilishi haqida ma’lumot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Eronda “Google”, “YouTube”, “Twitter”, “Facebook”, “WhatsApp”, “Viber”, “VKontakte” va shu kabi ijtimoiy tarmoq, sayt va ilovalardan foydalanish taqiqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing