7 932
Kalugalik ayol tug’ruqxonaga yetib bora olmay, mashinada ona bo’lish baxtiga erishdi: doyalik vazifasini esa politsiya xodimasi o’tadi
Kalugalik ayol shifoxona yo’lida ona bo’ldi, doyalik vazifasini esa politsiya xodimasi o’tashiga to’g’ri keldi. Bu haqida xorijiy saytlar xabar bermoqda.
“Politsiya xodimasi kichik leytenant Yuliya Eldarova homiladorlikning so’nggi oylarini boshdan kechirayotgan hamkasbining iltimosiga ko’ra uni turmush o’rtog’ining yoniga, Kaluga shahri perinatal markaziga olib ketayotganda payt tug’ruq boshlanib qolgan” deydi Rossiya MVD vakilasi Irina Volk.
Uning so’zlariga qaraganda, leytenat tez tibbiy yordam xizmatiga qo’ng’iroq qilgan va shifokorlar ko’rsatmalari bo’yicha tug’ruqni qabul qilib olgan. Chaqaloq 3700 gr vazn va 54 sm bo’y bilan dunyoga keldi.
Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ona va bolani shifoxonaga olib ketishdi. Ayni paytda ularning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi