
Shimoliy Irlandiyada yashovchi 21 yoshli Nikol Makgrill tunda shovqin-surondan uyg’onib ketgan. Uyga kiрrib kelgan niqobli o’g’rilar esa xonalardan hech narsa topa olishmagach, qizning yoniga kelib, uning bolasini so’yib tashlash tahdidi bilan ayolni qo’rqitishgan.
O’g’rining ikkinchi sherigi esa uydan qimmatbaho narsalarni qidirib, yangi yil uchun olib qo’yilgan sovg’alarni, jumladan o’yinchoqlar, mayda elektronika buyumlari va naqd pulni olib chiqib ketgan.
“Men hamon bo’lgan voqeadan o’zimga kelolmayapman. Uyimga begona insonlar kirib, oilamga tahdid qilganini bila turib, u yerga qaytolmayman” deydi ota-onasining uyiga ko’chib o’tgan Nikol.
Xabarda keltirishicha, politsiya jinoyatchilarni qo’lga tushirgan. Ularning yonidan Nikol tomonidan ta’riflab berilgan buyumlarning bir nechtasi ham topilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar