
Xitoy Markaziy harbiy kengashi a’zosi va XXR armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi sobiq rahbari general-polkovnik Chjan Yan o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «South China Morning Post» gazetasiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning avgustida yuqori lavozimli general-polkovnikka nisbatan korrupsiya harakatlari bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Uning aniqlashicha, Chjan Yan Markaziy harbiy kengash raisining ikki sobiq o‘rinbosari – Go Bosyun va Syuy Sayxouning korrupsiya sxemalariga aloqador bo‘lgan. Ular pullar evaziga zobitlarni lavozimlarga ilgari surishda ayblangan. Birinchisi umrbod ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, ikkinchisi tergov jarayoni vaqtida hayotdan ko‘z yumdi.
Chjan Yan esa 23 noyabr kuni o‘z uyida joniga qasd qilgan. U 66 yoshda bo‘lgani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar