
Yaqinda Hindistonning Reva shahrida yashovchi 32 yoshli erkak qorin qismida kuchli og‘riq tuyib kasalxonaga yotqizilgandi. Jarrohlar uning oshqozonidan 263 ta tanga, yuzdan ziyod mix, it boylashga mo‘ljallangan zanjir va yana ko‘p buyumlarni tortib olishdi.
Aytishlaricha, erkak bir yil oldin surunkali depressiyaga yo‘liqqan. Xastalik tufayli duch kelgan buyumni yutishga odatlangan. Mana, oradan bir yil o‘tib qorni shishib, chidab bo‘lmaydigan darajada og‘riq paydo bo‘lishi sababli ota-onasi uni kasalxonaga yotqizdi.
Hozirda erkakning ahvoli o‘rtacha deya baholanmoqda. Ammo bu hayoti xavfdan yiroq degani emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar