Reuters axborot agentligi Katerina Tixonova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi ekanligining yangi tasdig‘ini topishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi. Bu to‘g‘rida Kun nashri xabar berdi.
2015 yil noyabrda Reuters axborot agentligi sport rok-n-rolli bilan shug‘ullanuvchi Katerina Tixonova Putinning qizi ekanligini ma’lum qilgandi. Axborot agentligi Putin va Tixonovani qarindoshlik rishtalari bog‘lab turishini “Gazprombank”ning direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari Andrey Akimov tasdiqlaganini ma’lum qilgan. Akimov maqola chiqqandan keyin “Gazprombank” matbuot xizmati orqali buni aytmaganini ma’lum qilgan va axborot agentligini “faktlarni buzib ko‘rsatishda” ayblagan.
“Innopraktika” jamg‘armasi rahbari bo‘lgan Tixonova Putinning qizi ekanligini jurnalist Oleg Kashin va Bloomberg axborot agentligi ham ma’lum qilgan.
Endi esa agentlikka Tixonova va Putinning ota-bolaligini Xalqaro rok-n-roll federatsiyasining huquqiy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Manfred Moxab tasdiqladi.
Axborot agentligi Moxabdan Tixonova Putinning qizi ekanligidan xabari bor-yo‘qligi haqida so‘raganda u “Ha. Men uni bilaman, ha, albatta” deb javob bergan. Savol qayta so‘ralganda Moxab boshini tasdiqlagandek qimirlatib, “Ha” deb javob qaytargan.
Moxab Akimovdan keyin Tixonova Putinning qizi ekanligini ommaviy ravishda tasdiqlagan birinchi odam bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putinadan Mariya (1985) va Katerina (1986) ismli qizlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi