20:01 / 29.11.2017
5 899

General sud majlisida zahar ichib yubordi

General sud majlisida zahar ichib yubordi
Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Gaaga shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro tribunal sud majlisida xorvatiyalik general Slobodan Pralyak zahar ichgani ma’lum qilindi.

Bunga sabab qilib, 2013 yilda unga nisbatan chiqarilgan hukm appelyatsiya komissiyasi tomonidan bekor qilinmaganini keltirgan.
Sudya hukmni o‘qib eshittirgandan keyin, general stakanda turgan zaharni ichganini bildirgan va o‘zining harbiy jinoyatchi emasligini ta’kidlagan.

Bu voqeadan keyin sud majlisi to‘xtatilgan va sudlanuvchining advokati haqiqatda ham stakanda zahar bo‘lganini tasdiqlagan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tez tibbiy yordam xodimlari zudlik bilan sud binosiga chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Slobodan Pralyak 2013 yilda harbiy jinoyatlar sodir etishda ayblanib, 20 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » General sud majlisida zahar ichib yubordi