
AQShning BMTdagi muqim vakili Nikki Xeyli dunyoning barcha mamlakatlari Shimoliy Koreya bilan har qanday aloqani uzishi kerakli haqida aytgan.
“Bugun biz barcha davlatlarni Shimoliya Koreya bilan har qanday aloqani uzishga chaqiramiz” deydi u Halqaro xavfsizlik tashkiloti kengashining shoshilinch yigʻilishida. Xabarda aytilishicha, yigʻilish KXDRning navbatdagi yangi raketa sinovlari mavzusiga bagʻishlangan.
Shuningdek, Xeyli Pxenyan bilan harbiy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy hamkorliklarni ham tilga olib oʻtgan.
Uning fikricha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In boshlamoqchi boʻlayotgan harbiy ixtilof KXDRdagi tartibni butunligicha yoʻq boʻlishiga olib keladi.
Eslatib oʻtamiz, 28 noyabr kuni Pxenyanda yangi turdagi “Xvason-15” raketasi sinovdan oʻtkazilgan. Raketa 53 daqiqa ichida 4475 kilometr balandlikda 950 kilometr uzoqlikdagi masofani bosib oʻtdi. Yaponiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga koʻra, “Xvason-15” Aomori prefekturasi shimolidan 250 kilometr uzoqlikda qulagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar