10:16 / 05.12.2017
5 464

Rossiya Davlat dumasi afsungarlar xizmatini jinoyatlar ro‘yxatiga kiritishi mumkin

Rossiya Davlat dumasi afsungarlar xizmatini jinoyatlar ro‘yxatiga kiritishi mumkin
Rossiya Davlat dumasi pullik afsungarlik, folbinlik va sehr-jodu xizmatlarini ko‘rsatishni firibgarlik va ta’magirlikka tenglashtirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qiladi. Dumaning mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mita a’zosi Sergey Vostretsov quyi palata muhokamasiga mazkur hujjatni kiritadi, deb yozmoqda Kun.uz.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Gap Kodeksning 159- ("firibgarlik"), 163- ("ta’magirlik") va 210- ("jinoiy jamoatchilikni tashkil etish") moddalari haqida bormoqda. Deputat ularni yangi faoliyat turlari bilan to‘ldirishni taklif qilmoqda. U "sehrgarlik" yoki "afsungarlik" xizmatlariga izoh beradi.

Vostretsovning so‘zlariga ko‘ra, u o‘nlab odamlardan "har qanday "afsungarlar" va "sehrgarlar" aldayotganidan shikoyat qilishgan. "Shu boisdan ham biz bir vaqtlar sektalar faoliyatiga chek qo‘yganimiz kabi, odamlarning og‘ir ahvolidan foydalanib, yakka holda yoki guruh bo‘lib, ularning pullarini o‘maruvchi va havoda bug‘langandek yo‘q bo‘lib ketadiganlarga ham shunday chora ko‘rishimiz kerak", — deya izoh beradi deputat.

Vostretsovning ta’kidlashicha, sehrgarlik, afsungarlik faoliyati bilan shug‘ullanishning o‘zini taqiqlash rejalashtirilmayapti, aksincha undan tijorat maqsadida foydalanishga urinishlarga barham berish ko‘zda tutilmoqda.

"Xohlasangiz — folbinlik qiling, ko‘nglingiz tusaganini qiling, ammo buning uchun pul to‘lashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilishni unutmang", — degan deputat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Davlat dumasi afsungarlar xizmatini jinoyatlar ro‘yxatiga kiritishi mumkin