09:03 / 08.12.2017
8 522

Ona 2 yashar qizalog‘ini boqa olmaganidan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Ona 2 yashar qizalog‘ini boqa olmaganidan bo‘g‘ib o‘ldirdi
Fojia Buenos Ayresda sodir bo‘ldi. 26 yoshli Karina Gomes ikki yashar qizchasi bilan uyga qamalib oldi-yu, avval o‘zini tirmalab tashlamasligi uchun qo‘llariga paypoq kiydirdi va shundan keyin o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu ham yetmagandek, qizaloqning jasadini ko‘rpachaga o‘rab katta ko‘chada noma’lum tarafga chopa ketdi. Qo‘shni ayolning ko‘ngli sezganmi, uni quvib yeta oldi. Baxtga qarshi qizaloq allaqachon jon taslim qilib ulgurgandi.
— Men bolamning och-nahor yurishiga ortiq chiday olmadim, — dedi Karina tergovchilarga. — Ish yo‘q, ona bo‘lib boqa olmasam… U endi ochlikdan qiynalmaydi. Hech qachon qiynalmaydi…
Karinaning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ona 2 yashar qizalog‘ini boqa olmaganidan bo‘g‘ib o‘ldirdi