Qobul ko‘chalarida o‘zbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo bo‘la boshladi. “Oldin bunday yozuvlarni ko‘rmas edingiz. Ushbu tashabbus Afg‘oniston prezidenti saroyi idorasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, mana bu plakat davlat lavozimidagi shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan isrofgarchilikka taaluqli.
Ushbu ishlar amalga oshirilishidan asosiy maqsad — Afg‘onistonda yashayotgan har bir millat bizning tashabbuslarimizdan ogoh bo‘lsin» — deydi prezident saroyi idorasi vakili.
Idora vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu kabi plakatlar nafaqat Qobul ko‘chalarida, balki boshqa shaharlarda ham paydo bo‘ladi. Undan tashqari Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham ushbu tajriba qo‘llaniladi. Lekin eng asosiysi ushbu tajriba — kelajakda odatiy me’yorga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oldin Afg‘onistonda nisbatan kam sonli millatlarga tegishli bo‘lgan o‘zbek va turkman tillarini rivojlantirishga e’tibor berishga va’da bergan edi.
Manba: sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda