
Yekaterinburgning Donbassa ko’chasida joylashgan uylarning birida bir kecha davomida ikki marta yong’in kelib chiqqan. Bu haqida “Ren.tv” nashri xabar bermoqda.
Uy turarjoy binosining 1 qavatida joylashgan bo’lib, birinchi marta tungi soat 1:00 atrofida yona boshlagan. Qutqaruvchilar yong’inni bir necha daqiqa ichida bartaraf etganlar, xonadon sohiblaridan esa hech kim jabr ko’rmagan. Olov deraza romlari va bir nechta shaxsiy buyumlarni yondirib yuborgan.
Yong’in haqidagi ikkinchi xabar esa tonggi soat 4:00 dan keyin yetkazilgan va qutqaruvchilar guruhi alangani 15 daqiqa davomida bartaraf etishgan. Ikkinchi yong’in natijasida uydagi mol-mulklar va xonalar orasidagi parda devorlar yonib ketgan.
Ayni paytda politsiya xodimlari yong’in sabablarini o’rganib chiqmoqdalar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar