11:16 / 13.12.2017
7 268

Sayohat qilish uchun eng qiziqarli joylar ma’lum qilindi

Sayohat qilish uchun eng qiziqarli joylar ma’lum qilindi
National Geographic jurnali tahririyati sayohat qilish uchun eng qiziqarli joylar ro‘yxatini tuzdi.

Reyting mualliflari 1-o‘ringa Efiopiyadagi Xarar shahrini qo‘yishdi. Bu yerga kelishga botina oladigan sayyohlarni 82 ta masjid, ajoyib qahva kutib qoladi. Shuningdek, kechasi shaharga sirtlonlar oralaydi.

2-o‘ringa Argentinadagi Jujuy viloyati qo‘yildi. Bu yerning o‘ziga jalb qiluvchi joyi YuNESKOning Jahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiruvchi Kebrada-de-Umauaka vodiysi hisoblanadi. Manzarali tog‘lar bilan o‘ralgan bu vodiyda azaldan odamlar yashab kelgan. Ular bu yerda miloddan 9 ming avval yashashni boshlashgan.

Mutaxassislar 3-o‘ringa Gruziya poytaxti Tbilisini loyiq topishdi. Ularning fikricha, bu shahar arxitekturaviy uslublarining turfaligi, xinkali (milliy taom) va mahalliy odamlarning mehmondo‘stligi uchun kelishga arziydi.

4- va 5-o‘ringa Avstraliyaning Sidney va Meksikaning Oaxaka shtati qo‘yildi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Vena, Havayidagi Oaxu oroli, Malme, Iordaniya va Dublin joy oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayohat qilish uchun eng qiziqarli joylar ma’lum qilindi