
Milliarder Alisher Usmonovning “Yu”, Disney, STS, “Domashniy”, “Che” va CTC Love telekanallarini boshqaruvchi YuTV xoldingdagi ulushini, “Megafon” kompaniyasining sobiq bosh direktori Ivan Tavrin sotib olmoqchi.
O‘z ulushini sotish bilan, milliarder Alisher Usmonov televizion biznesdan chiqadi. Bu ulushga xaridor bo‘lgan Ivan Tavrin ham Rossiyaning eng boy kishilari ro‘yxatining 200 taligiga kiradi. Uning jami boyligi 500 mln dollarga baholanadi va bu ro‘yxatda 199- o‘rinni egallaydi.
Ivan Tavrin Alisher Usmonovning televizion biznesdagi ulushini sotib olishi to‘g‘risidagi xabarlar kecha, chorshanba kuni tarqalgan. Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniya vakili ham bu xabarni tasdiqlab, bitimning imzolanishi bo‘yicha barcha kelishuvga erishilganini ta’kidlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar