date

Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi

Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi

Episentri Afg‘onistonda bo‘lgan kuchli zilzilaning Tojikistonga ta’siri oqibatida Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida joylashgan bir qancha qishloqlarga zarar keldi. Bu haqda TASS agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha respublika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, Ishkoshim, Roshtqala, Murg‘ob va boshqa qishloqlardagi jami 20ta uyga shikast etgan. Bu qishloqlar Afg‘onistonning zilzila episentri joylashgan hududiga yondoshdir.

Jabrlanganlar haqida xabar bermadi. Eslatib o‘tamiz, kecha sodir bo‘lgan zilzila episentrida 7.5 balli silkinishlar kuzatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi