
Vashingtonlik advokat AQSH prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka va kuyovi Jared Kushnerni daromadlarni berkitganlik aybi bilan sudga berdi. Arizada yozilishicha, juftlik aksiyalari o’zlariga tegishli bo’lgan 30 ta investitsion fond daromadi haqidagi deklaratsiyani berkitmoqdalar.
Advokat bu holatni AQSH davlat xodimlari hulqiga doir 1978 yilgi aktga zid deya baholamoqda, deyiladi xabarda.
Ivanka Tramp va Jared Kushner AQSH prezidenti maslahatchilari hisoblanadi, bu esa o’z navbatida ularning daromadlari deklaratsiya qilinishi kerakligini anglatadi.
Eslatib o’tamiz, o’tgan yozda Ivanka Trampni bosonojkalar dizaynini o’g’irlaganlikda ham ayblab, sudga berishgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar