Rossiyaning Lipetsk shahrida istiqomat qiluvchi erkak ayolini shafqatsizlarcha do’pposladi va natichada ayol yorug’ olamdan ko’z yumdi.
Juftlik munosabatlari odatdagidek, gullar, sovg’alar va iliq sevgi izxorlaridan boshlangan edi.
Biroq, internet olamida yashin tezligida tarqalayotgan ayol surati foydalanuvchilarni dahshatga soldi. Suratda butun tanasi ko’karishlar bilan qoplangan va sog’ joyi qolmagan ayol tasvirini ko’rish mumkin. Aniqlanishicha, Anastasiya Ovsyannikovani o’z turmush o’rtog’i muntazam ravishda do’pposlab kelgan va bu haqida ularning yaqinlari hamda do’stlari yaxshi bilishgan.
Kaltaklash oqibatida koma holatiga tushgan ayol oradan bir necha kun o’tmay shifoxonada vafot etdi.
Erkak kaltaklangan ayolini suratga olib, barcha tanishlariga g’ururlangancha birma-bir jo’natib chiqqan.
“Bu jazava holatiga o’xshamaydi, chunki uni 5 soat davomida tinmasdan urgan. Kafedan uyga olib kelgan, baqir-chaqirni eshitgan qo’shnilar militsiyaga xabar berganlarida uni boshqa uyga bagajxonada olib ketgan. Oxir-oqibat birinchi uyga qaytgan, uni qo’shnilar qo’ng’irog’iga ko’ra yetib kelgan otasi topgan, ammo yordam berishga kech bo’lgan. Barcha joyi singan, miyadan og’ir jarohatlar olingan. U haqida butun shahar yozyapti va hech kim bir dona ham yomon so’z aytgani yo’q. Mehribon, yaxshi, tarbiyali, odobli qiz edi” deydi Anastasiyaning dugonasi.
Xabarda aytilishicha, erkak avval oila qurib ajrashgan va birinchi rafiqasini ham vaqti-vaqti bilan do’pposlab turgan.
Anastasiya erining kaltaklaridan to’ygach, bor buyumlarini yig’ib, uydan chiqib ketgan va oradan vaqt o’tib, boshqa bir insonni sevib qolgan.
Erkak esa qonuniy rafiqasidan yaralangan yuragi uchun qasos olish maqsadida uning yoniga borgan va shafqatsiz tarzda do’pposlagan.
Ayni paytda erkak qo’lga olingan. Anastasiyaning 5 yoshli qizalog’i esa onasi haqidagi asl tafsilotlardan bexabar holda yetim qoldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi