12:31 / 21.12.2017
5 604

Uelsda 22 yoshli qizni traktor bosib qoldi

Uelsda  22 yoshli qizni traktor bosib qoldi
Shimoliy Uelslik Xloya Farrel sevgan insoni Endryu Xaddlstoun bilan istirohat bog’iga borgan payti traktor haydash uchun uning ruliga o’tirdi. Ammo traktorni boshqara olmadi va mashina ag’darilib, 22 yoshli Xloyani bosib qoldi.

Endryuning aytishicha, Xloya ikkinchi uzatish pedalini bosgan va traktorning bunday tezlik bilan yurib ketishini kutmagan bo’lishi mumkin. Qiz sarosimaga tushib baqira boshlagan, ammo bu holatda Endryuning qo’lidan hech narsa kelmasdi. Xabarda aytilishicha, traktor qizni bosib qolgach, u vafot etgan.

“Bizning munosabatlarimiz juda chiroyli edi va hamisha vaqtni birga o’tkazardik. Uning o’limidan so’ng huvillab qoldim. Hayotim Xloyasiz avvalgidek bo’lmaydi... Uni har kuni sog’inaman” deydi Endryu.

Tekshirish ishlari davomida traktordan 50 yil avval foydalanilgani, unda haydovchi uchun mo’ljallangan kabina va biror himoya vositasi bo’lmagani aniqlandi. Shu sababli traktor Xloya bilan birga oldinga tomon ag’darilib, uni bosib, o’ldirib qo’ygan. Sud tahminlariga ko’ra qiz traktorni avvalgi joyiga olib kelmoqchi bo’lgan va uni burishga uringan.

Oxir-oqibat Xloyaning o’limi baxtsiz hodisa deb tan olindi.

“Miss Farrell traktorning to’htashi va sekinlashishini kutgan, ammo u harakatlanishda davom etib, ag’darilgan va haydovchining ko’krak qafasini rul bilan bosib qolgan” deydi katta patologoanatom Devi Pritchard Jons.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uelsda 22 yoshli qizni traktor bosib qoldi