
Braziliyada kutilmagan va favqulodda hodisa yuz berdi. Ikki yashar Kelvin Santos ismli bolakay pnevmoniya tufayli olamdan o‘tgandi. Kasalxonadagilar jasadni dafn etishlari uchun ota-onasining qo‘liga topshirdi. Tez fursatda uyidagilar dafn marosimiga tayyorlanib ham ulgurishdi.
Bolakayning dafn etilishiga bir soatgina vaqt qolgan, u ochiq tobutda yotardi. U bilan qarindoshlar, ota-onasi vidolashish uchun kirishganda, Kelvin kutilmaganda o‘rnidan turib o‘tirdi va suv berishlarini so‘radi. Shubhasiz, yaqinlari shok holatiga tushib qolishdi. Baqir-chaqirlar boshlandi. Ota-onasi quvonchdan yorilay deb jasadga yopishdi. Afsuski, suvni ichib bo‘lgach, bolakay qaytadan tobutga yotdi-yu, endi rosmana olamdan o‘tdi.
«Chiqmagan jondan umid», deganlaridek, yaqinlari Kelvinni qaytadan kasalxonaga olib borishdi. Mutaxassislar tekshirib ko‘rib bola olamdan o‘tganini aytishdi. Baribir ota-onasi umidvor edi. Bir necha soat kutishdi. Bola uyg‘onib qolishidan umid qilishdi. Yo‘q, Kelvin qayta uyg‘onmadi. Shundan keyin tobutni qabristonga olib ketishga majbur bo‘lishdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar