Amerikalik jarrohlar kubalik bolaning yuzidan 4,5 kg og‘irlikka ega shishni olib tashlashadi, mahalliy shifokorlar buni qilishga qo‘rqishgandi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
14 yoshli Emanuel Zeyes poliostotik fibrozli displaziyadan aziyat chekadi, bunday kasallikda suyak qismlarining bir qismi tolali to‘qima bilan almashadi. Bola to‘rt yoshga kirganida birinchi kichik shishlar paydo bo‘lgan, biroq ular uning hayotiga xavf solmagan. Taxminan ikki yil avval esa bolaning burni chap tomonida yallig‘langan g‘uddaga o‘xshash narsa paydo bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida shish basketbol to‘pi bilan barobar hajmga qadar yetgan, garchi u salbiy bo‘lmasa ham, hajmi tufayli bolani bo‘g‘ib qo‘yishi yoki bo‘ynini sindirib yuborishi mumkin. Bola nafas olishga qiynaladi, sababi shish traxeya (nafas olish yo‘llari, bo‘g‘iz)ga xalaqit beradi. Bundan tashqari, u ovqatni yutishga qiynaladi, shuning uchun tinkasi qurib qolgan.
Oila o‘tgan yillar davomida kubalik ko‘plab shifokorlarga murojaat qilgan, biroq ular yordam bera olishmadi – shishni olib tashlash, ularning so‘zlariga ko‘ra, katta xavf tug‘dirgan. Bolaga Mayami Universitetining jag‘-yuz jarrohligi bo‘limi rahbari doktor Robert Marks yordam berishga qaror qildi. U Kubadan olib kelingan rentgen suratlari orqali bolaning kasalligini o‘rganib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar