BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Genriyetta Forni BMT bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) yangi ijrochi direktori etib tayinladi. For bu lavozimda tashkilotni 2010 yildan boshqarib kelgan Entoni Leyk o‘rnini egallaydi, deb yozdi Kun.uz nashri.
Ma’lum qilinishicha, For 40 yillik ish tajribasiga ega va AQShning xalqaro taraqqiyot agentligiga rahbarlik qilgan ilk ayol hisoblanadi.
“For AQSh davlat departamentining turli bo‘linmalarida lavozimlar egallagan, AQSh zarbxonasiga rahbarlik qilgan hamda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik qilgan. Bundan avval For Holsman International investitsion kompaniyasi bosh direktori bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, u dunyo bolalarining taraqqiyoti va farovonligi sohasida ishlovchi tijorat va notijorat tashkilotlarining raisi bo‘lgan”, deb ta’riflangan For.
Genriyetta For yangi majburiyatlarini 2018 yil 1 yanvardan boshlab bajarishga kirishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar