16:22 / 26.12.2017
5 138

Hindistonlik oligarx 251 nafar juftlikning to’yini o’tkazib berdi

Hindistonlik oligarx 251 nafar juftlikning to’yini o’tkazib berdi
Hindistonda pastki kastalarga mansub ko’plab ayollarning sepi va merosi bo’lmagani uchun turmushga chiqishlari juda qiyin. Olmos multimillioneri Maxesh Savani esa har yili yetim hind qizlarga ko’mak qo’lini cho’zib, to’ylarini qiladi. Bu yil ham oligarx 251 ta juftlik to’yini ajoyib tarzda o’tkazib berdi.

Hindistonda birovning qizini turmush berish odati kanyadaan deb ataladi. Maxesh esa hind urf-odatlarini juda hurmat qiladi, qo’li kalta insonlarga yordam ko’rsatadi. O’g’il bolalarni maktablarga bepul o’qitib, qizlarning to’yini qilib beradi. Navbatdagi ommaviy to’y Gujaratning Surat shahrida bo’lib o’tdi.

Xabarda aytilishicha, Maxesh Savanining olmos imperiyasiga ham aynan shu yerda asos solingan.

“Men har bir turmushga berilayotgan 251 nafar kelinchak uchun ularning otalari kabi ma’suliyatni o’z bo’ynimga olaman. 2017 yilda mening do’stim va ko’chmas mulk bo’yicha biznes hamkorim Sanjay Movaliya ham bizga yordam beryapti” deydi Savani.

251 nafar kelinchaklar orasida 5 ta musulmon, ikkita nasroniy qizlar va hatto inson immunitet tanqisligi virusiga chalingan kelinlar ham bor.

Shu kunga qadar Maxesh Savani 2000dan ortiq qizlarning to’yini o’tkazib bergan. 2016 yilda esa har bir qizga oligarx tomonidan yangi hayot boshlash uchun 8000 AQSH dollari miqdorida mablag’ ham berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik oligarx 251 nafar juftlikning to’yini o’tkazib berdi